Fati "Barselona"ga qaytishga tayyor, lekin ...

  • 28 aprel, 2024, 17:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Ansu Fati Kataloniya klubiga qaytishni istamoqda, deya xabar beradi Sport.es. Futbolchi ayni damda ijara asosida harakat qilayotgan "Brayton"da qolishni istamayapti.

Fati "Barselona"ga qaytishga va asosiy tarkibdan joy uchun kurashishga ahd qilgan. U mavsum oldidan Xavini hayratda qoldirmoqchi va jamoada o‘zini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Ammo hamma narsa unga bog‘liq emas.

Murabbiy futbolchiga imkoniyat berishga tayyor, ammo klubning pozitsiyasi hal qiluvchi bo‘ladi. Kataloniyaliklar yangi transferlar uchun futbolchilarni sotishga majbur, Fati esa ushbu ro‘yxatdan o‘rin egallagan.

Joriy mavsumda 21 yoshli vinger barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!