
Fayzullaev Evropaga qachon ketishi aytildi
Rossiya futbolining eng taniqli murabbiylaridan biri Valeriy Nepomnyashiy “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullaev haqida ham gapirdi.
80 yoshli mutaxassis o‘zbek futbolini yaxshi biladi. U 2006 yili “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.
Sports.uz portali ushbu intervyuning Abbosbek Fayzullaev haqidagi qismini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
— “Axmat” bilan o‘yindan keyin ayrimlar Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga tezroq borish uchun atayin diskvalifikatsiya ishlab oldi, degan gap chiqardi...
— Yo‘q, men bunga umuman ishonmayman. U bunaqa o‘yinchi emas. Agar o‘sha vaziyatni esga olsak, Abbos to‘pni yo‘qotdi, raqibni quvib etdi, to‘pni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi... Oxir-oqibat mana shunday holat kelib chiqdi. Alamli.
Abbos men uni Rossiya Premer-ligasida joriy mavsumning kashfiyotlaridan biri, deb hisoblayman. Haqiqiy topilma!
— Lekin o‘yinida pasayish kuzatildi.
— Qo‘shilaman. Ammo bu taqvim tig‘izligi bilan bog‘liq bo‘lgandi. Har holda Osiyo kubogida o‘ynab keldi. Kelganidan keyin ma’lum vaqt o‘tib, yan o‘z darajasiga chiqib oldi.
— U yana qaysi jihatlarini kuchaytirishi kerak?
— Menimcha, unda ortiqcha kamchiliklar yo‘q. Hammasi joyida bo‘lgan paytda u ko‘zni quvontiradi. O‘yini pasayishi Rossiya Premer-ligasida birinchi mavsumini o‘tkazayotgan yosh o‘yinlar uchun normal holat. Ular hali o‘zini to‘liq boshqarishni bilmaydi. Tajribali futbolchi butun mavsum davomida o‘z kuchini to‘g‘ri taqsimlashni yaxshi biladi.
— Fayzullaev Alan Dzagoevning yoshligini eslatib yubormayaptimi?
— Yo‘q, ular o‘yin uslubi bo‘yicha ancha farq qiladi. Dzagoev ayyorlarning ayyori edi. Fayzullaev esa, boshqacha tezlikda o‘ynaydi. Abbos faoliyatini rivojlantirish uchun kattaroq imkoniyatga ega, deb hisoblayman. Har holda menga shunday tuyuladi. O‘ylashimcha, Alanga qaraganda Abbosbekning kelajagi yorqinroq. Fayzullaev yorqinroq porlaydi.
— U TsSKAda uzoq qoladimi?
— Keyingi mavsum davomida yoki oxirida, transfer oynalaridan birida ketadi, deb o‘ylayman.
— Shundaymi?
— Bu yigit professional darajada o‘ynayotgani ko‘rinib turibdi. Agentlari muayayn ishlarni amalga oshirib qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bunaqa futbolchilar RPLni bezaydi.
Iqtidorli yigitlar Evropaga ketib, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib qolayotgani achinarli... Xorijda muntazam o‘ynashning qat’iy variantini tanlash kerak bo‘ladi.
Fayzullaev birdaniga uchta sovringa da’vogarTsSKAning ikki futbolchisi Evropaga ketishga tayyor. Ular kimlar?
Fikrlar