Fayzullaev haqida yana bir yaxshi xabar!

  • 14 dekabr, 2024, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yil yakunlanmoqda. Futbol olamida turli manbalar o‘z tahlillari natijalari va xulosalarini e’lon qilmoqda.

Tecno

Bu jarayonda o‘zbek futbolchilarining atrofida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgan muxlislarimizni xursand qiladi. Xususan, Rossiya Premer-ligasida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan Abbosbek Fayzullaev haqida ketma-ket yaxshi xabarlar va e’tiroflar eshitayotganimiz yoqimli bo‘lmoqda.

Xususan, 21 yoshli hujumkor futbolchimizga Frantsiyaning “Monako” va  Ispaniyaning “Real Sosedad” klublaridan chorlov bo‘layotgani ortidan legionerimizning transfer summasi ko‘tarilgani ma’lum qilindi.

Transfer summasi 3 million evroga qimmatlab, 8 million evroga etgan Abbosbek Fayzullaev TsSKAning eng qimmat o‘yinchilari reytingida Igor Diveev bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu borada “armiyachilar”ning eng qimmatbaho o‘yinchisi Ivan Oblyakov hisoblanadi.

TsSKAning sobiq futbolchisi Maksim Bokov jurnalistlarga bergan intervyusida Abbosbek Fayzullaevning mahoratini alohida e’tirof etdi.

 Sports.uz portali ushbu suhbatni muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Chempionatning birinchi qismida Marko Nikolich boshqarayotgan TsSKA jamoasida Abbosbek Fayzullaev, Ivan Oblyakov va Tamerlan Musaev faol o‘yin namoyish qildi.

 Premer-ligada Ivan Oblyakov 17 ta uchrashuvda to‘rtta gol va uchta assist qayd etgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullaev 16 ta bellashuvda maydonga tushib, ikkita to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Hujumchi Tamerlan Musaev 18 ta o‘yinda ettita gol va bitta samarali pas muallifi bo‘ldi.

— Chempionatning birinchi qismida TsSKAning eng yaxshi uch futbolchisini nomini ayting?

 — Shubhasiz, Abbosbek Fayzullaev va Ivan Oblyakov. Ular yaqqol ajralib turdi. Bu ikki futbolchi jamoa o‘yinchilarini bog‘lab turadi.

Abbos – hali o‘sishda va maydonda o‘yinlari bilan o‘zini ko‘rsatishda davom etadigan futbolchi. Uning o‘zi hujumlarni tashkil qilish va vaziyatlarni samara yakunlash qobiliyatiga ega ijrochi ekanini ta’kidlash lozim.

Tamerlan Musaevning ham ishchanlik qobiliyati namoyon bo‘lmoqda. Garchi gollari soni hujumchi uchun etarli bo‘lmasa-da, u o‘z o‘yinlari bilan asosiy tarkibga loyiq ekanini ko‘rsatib kelmoqda.

— Pyanich hali o‘zini ko‘rsata olmayapti-ku?

— Shoshilmang, u jamoaga yaqindagi keldi. Miralem jarohatdan keyin anchagina uzoq vaqt tiklanish holatidan chiqishiga to‘g‘ri keldi.Ayni paytda u keyinchalik asosiy figuralardan bo‘lishini namoyish qila boshladi.

TsSKA chempionatning birinchi qismini oltinchi pog‘onada yakunladi. Lekin ekspertlar qishki tanaffusdan keyin jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarish bo‘lishiga ishonch bildiryapti. Taniqli murabbiy Aleksandr Tarxanov “armiyachilar” hali sovrinli o‘rinlar uchun kurashga qo‘shilishini ta’kidladi.

TsSKAning ishtirokiga qisqa baho beradigan bo‘lsak, oltinchi o‘rin bu jamoaga mos emas. Jamoa bor imkoniyatini ko‘rsatishi uchun ikkinchi davra oldinda.

Jamoa tarkibi kuchli va bosh murabbiy Marko Nikolich bahorda vaziyatni o‘nglay oladi. Tamerlan Musaev gol ura boo‘ladi, Ivan Oblyakov yaxshi o‘ynayapti.

Bundan tashqari, Abbosbek Fayzullaevning o‘yini menga juda yoqadi, - dedi Aleksandr Tarxanov.

Eslatib o‘tamiz, TsSKA rahbariyati o‘zbek futbolchisiga Evropadan jiddiy qiziqishlar bo‘layotganini inobatga olib, Abbosbek Fayzullaev yangi shartnoma berishga qaror qilgan.

Husanov “Tottenxem”ga o‘tib ketmasin! Superklub Abduqodirga taklif beradigan bo‘ldi

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!