Fayzullaevni topganga mukofot berish kerak!

  • 22 iyul, 2024, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaevni oldinda muhim mavsum kutib turibdi. 20 yoshli  hujumkor futbolchimiz faoliyatida ko‘tarilish bo‘lish uchun u oldindagi musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyish eta olishi kerak.

Birinchidan, 24 iyul kuni start oladigan Parij Olimpiadasining futbol musobaqalarida Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston terma jamoasining muhim o‘yinchilaridan biri sifatida to‘p tepadi. Parij maydonlarida ko‘plab futbolchilar qatori hamyurtlarimizni, xususan, Fayzullaevni ham xorij klublari skautlari kuzatadi.

Ikkinchidan, Abbosbek Fayzullaev yangi mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati saralash turnirning eng muhim bosqichida ishtirok etadi. Xalqaro maydondagi natijalar mundial uchun kurashayotgan o‘yinchilarimizning faoliyatida yangilik va burilishlar yasash ehtimoli katta.

Uchinchidan, iste’dodli legionerimiz Rossiya Premer-ligasidagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli chiqqani shunchaki tasodif yoki omad emasligini, o‘zi yuqori malakali o‘yinchi ekanini yana bir karra isbotlab qo‘yishi talab etiladi.

Mana shu musobaqalar Fayzullaevning kelajagiga bevosita ta’sir o‘tkazishi, o‘zi orzu qilgan Evropaning kuchli ligalari va qudratli klublariga yo‘l ochishi mumkin.

Rossiya matbuoti, futbol ekspertlari, murabbiylar, tahlilchilar yangi mavsumda Abbosbek Fayzullaevdan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirmoqda.

Sports.uz portali ana shu fikr-mulohazalarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

EURO-FOOTBALL.RU sayti:

20 iyuldan Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlandi. O‘tgan mavsumda Vladimir Fedotov qo‘l ostida TsSKA sifatli o‘yin namoyish qildi, lekin erishilgan natijalar borasida bunday, deb bo‘lmaydi.

TsSKA yozda asosiy tarkibning eng muhim o‘yinchilarini saqlab qoldi va yozgi transferlar vaqtida hozirchani ularning birortasini ketishi aniq bo‘lgani yo‘q. Klubga keladigan futbolchilarni topish borasida ham jiddiy ishlar davom etmoqda. TsSKA huddi o‘tgan yili Abbosbek Fayzullaevni transfer qilib, zo‘r iste’dod sohibini topgandek, bu gal ham yangi nomlarni qidiradi.

Yangi bosh murabbiy Marko Nikolich qo‘l ostida jamoa to‘rtta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi va bir bor durang o‘ynadi. TsSKA sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi mumkin. Biroq Abbosbek Fayzullaevning Parij Olimpiadasida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketgani, Viktor  Davilaning Chilidan qaytib kela olmayotgani chempionatning dastlabki uchrashuvlarida natijaga salbiy ta’sir o‘tkazishi ehtimoli katta.

SOVSPORT.RU sayti:

Abbosbek Fayzullaevni qidirib topgan TsSKA selektsionerig alohida mukofot berish lozim. Har holda bu o‘yinchini Rossiya Premer-ligasiga kelguniga qadar hech kim tanimas edi. Debyut mavsumidayoq yarim himoyachi chempionatning eng yorqin kashfiyoti bo‘ldi.

Fayzullaev legioner sifatida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifiga aylandi.

Bu ham eng muhimi emas. Asosiysi, Abbosbek “armiyachilar”ning o‘yinini belgilaydigan muhim figura. Tez orada u O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

TsSKA qaytishi bilan yana jamoaning etakchisi va hujum chizig‘ining asosiy o‘yinchisi mavqeida to‘p tepadi.

Zoran TOShICh, Serbiya terma jamoasi va TsSKA sobiq futbolchisi:

Abbosbek Fayzullaev TsSKAning eng iste’dodli o‘yinchilaridan biri. U menga juda yoqadi: shunday engil va texnikasi zo‘r futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Rossiyadagi o‘yinlari orqali mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

20 yoshli hujumkor futbolchimizning transfer summasi bir necha baravar oshib, hoxzir 6 million evroni tashkil qilmoqda. Fayzullaev ayni paytda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

Mashhur klub Olimpiadada Shomurodov va Fayzullaevni kuzatadi

“Parij-2024”: O‘zbekiston futbolchilari yulduzlarga to‘la Ispaniyani to‘xtata oladimi?

Bu Shomurodovga yangi imkoniyat!

Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
22/07/2024 05:27
Битта магзовани эзовурмай Хожимат эркинов торпедодаги хакида хам ёз
&
Адхамжон Низомов
21/07/2024 18:44
Срлавхани янгилаб,50 марта езаверинглар.Шунака ишларинг учун сайтингларни кузатувчилар кам.Хе,уша.....