
Fayzullaev Ispaniyada porlaydi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi, “Neftchi” va “Rubin” klublari sobiq futbolchisi Andrey Fyodorov bugungi kundagi eng yorqin o‘zbekistonlik o‘yinchilar – Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaev haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Husanov haqida
Yosh o‘yinchilarga nisbatan Evropa va Rossiyadagi munosabat bir biridan farq qiladi. Rossiyalik murabbiylar odatda tavakkal qilishga qo‘rqishadi va asosiy tarkibga yosh futbolchilarni ko‘p ham jalb qilishmaydi, Evropada esa, bu masala boshqacha hal qilinadi.
Xususan, Abduqodir Husanovni O‘zbekistonda ham, boshqa ligalarda ham kuzatmaganman. Lekin men uning o‘yinlarini 2023 yili Toshkentda bo‘lgan Osiyo kubogida ko‘rdim. Buning uchun O‘zbekistonga atayin borgan edim.
O‘shanda Rossiyaning ko‘plab murabbiylari menga qo‘ng‘iroq qilib,Husanov haqidagi fikrlarimni so‘rashgan edi. Ularga u haqida etarli ma’lumotim yo‘qligini aytdim. Shu bois, O‘zbekistonga borib uning o‘yinini shaxsan ko‘rib kelishga qaror qilgandim.
Unga qiziqayotganlar “top-5” ligalari vakillari edi, deya olmayman, lekin Rossiya Premer-ligasi murabbiylari haqiqatan ham u haqida so‘rashgan. Lekin Rossiyadan aniq takliflar bo‘lgani yo‘q, Husanov va boshqa o‘yinchilar haqida fikrimni so‘rashgan xolos.
Abbosbek Fayzullaev haqida
Abduqodir Husanovdan keyin Evropaga Abbosbek Fayzullaevning yo‘l olishi masalasi futbolchining vakillari ishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston chempionatida Evropaga ketishi mumkin bo‘lgan uning tengqurlari ko‘p.
Abbosning o‘ziga Ispaniya chempionati juda mos tushadi. Ispaniyada u porlaydi.
Aslida o‘zbek o‘yinchilariga Evropa klublaridan qiziqish bo‘lyapti, lekin muammo shundaki, ularning agentlari va vakillari ko‘pincha Osiyoda qolish variantini ma’qul ko‘rmoqda.
Chunki moliyaviy imkoniyatlar nuqtai nazaridan Osiyoda qolish foydaliroq.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanovning “Lans”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani Evropadagi futbol ekspertlari, murabbiylari, skautlari, mutaxassislari e’tiborini o‘zbek futboliga qaratdi.
Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari ham Evropaning eng kuchli ligalarida to‘p tepa olishi isbotlab kelmoqda. Xususan, yosh avlod vakillaridan Muhammadamin O‘rinboev o‘tgan yili Angliyaning “Brentford” jamoasida malaka oshirib qaytgan bo‘lsa, Lazizbek Mirzaev 2024 yilning dekabr oyida Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi va yoshlar jamoasida mahoratini charhlaydigan bo‘ldi.
Shomurodov Germaniyada o‘ynaydi!
Belous: “O‘zbeklar Angliya va Italiyada o‘ynayapti, Qozog‘istonda bunaqasi ko‘rinmaydi!”
Husanovning ustozi katta va’da bervordi!
Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!
Husanov Messi o‘tgan yo‘ldan bormoqda!
Fikrlar