Husanovning ustozi katta va’da bervordi!

  • 28 yanvar, 06:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-Ligasida ketma-ket to‘rt yil chempionlikni nishonlagan “Manchester Siti” joriy mavsumida chempionlik unvonini ushlab qola olmasligi oydinlashib qoldi.

Tecno

Klub rahbariyati yuz bergan inqirozdan keyin tarkibni o‘zgartirishga qaror qildi. Manchesterliklar ana shu maqsadda “Lans” va “Palmeyras”dan yosh himoyachilar – Abduqodir Husanov va Vitor Reysni olib keldi.

Shuningdek, “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmush ham faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Yangi o‘yinchilardan Husanov va Marmush Angliya Premer-ligasidagi debyutini nishonlab ulgurdi. Vitor Reys esa, yoshligi tufayli biroz tajribasi oshirishi kerakligi aytildi.

Manchesterliklar ustozi Xosep Gvardiola kelasi mavsumdan boshlab, bu yilgiga qaraganda, jamoasi umuman boshqa darajada o‘yin ko‘rsatishi, yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishini ta’kidladi.

- Bundan uch oy muqaddam biz bu mavsumda katta qiyinliklarga duch kelishimizni his qilgandim, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

Bundan keyin ham murakkab jarayonlarga to‘qnash kelishimiz boshimizda bor masala.

Ayrimlar biz haqimizda “Jamoa “Ipsvich Taun” bilan o‘yindan keyin o‘z darajasiga qaytdi”, “Lester”ga qarshi bellashuvdan so‘ng “Siti” o‘ziga keldi” qabilidagi gaplarni aytyapti.

Ularga javoban shuni aytamanki, jamoaning o‘zgarishi uchun birinchi navbatda vaqt talab etiladi.

Kelasi mavsumdan boshlab, biz yana o‘z darajamizga qaytamiz. Hozir esa, asosiy masala bu vaziyatda kurashib, Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishdan iborat, - dedi Xosep Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassis 2024 yilning oxirida jamoada yuz bergan inqirozdan keyin shogirdlari joriy mavsumda chempionlik uchun kurashdan chiqqanini, yuzaga kelgan murakkab vaziyatda ulardan yuqori natijalarni kutish to‘g‘ri bo‘lmasligini, klub yangi futbolchilar yordamida tarkibni kuchaytirishi lozimligini ta’kidlagan edi.

Angliya Premer-ligasining 23-turida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi to‘hrida-to‘g‘ri raqobatchi hisoblangan “Chelsi”ni enggan “Manchester Siti” yana kuchli to‘rtlikdan joy oldi.

Xosep Gvardiola shogirdlari mavsum boshidan beri 12 ta g‘alaba, beshta durang va oltita mag‘lubiyat qayd etib, jami 41 ochko jamg‘argan.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvni 2 fevral kuni 47 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan “Arsenal”ga qarshi saf tortadi. 24-turning markaziy uchrashuviga Londondagi “Emireyts” arenasi mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!