Husanov Messi o‘tgan yo‘ldan bormoqda!

  • 27 yanvar, 08:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi tarixidagi birinchi o‘zbek futbolchisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safidagi debyut uchrashuvi juda keng muhokama qilinmoqda.

20 yoshli legionerimiz Angliya futboli ritmiga tushunib olgunicha dastlabki besh daqiqada bir necha qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi va buning oqibatida “Chelsi” hisobni ochishga ulgurdi. Keyinchalik legionerimiz o‘z o‘yinini topdi va ancha ishonchli harakat qildi.

Futbol olamidagi nufuzli manbalardan biri – planetfootball.com portali Maykl Li jahon futbolining yorqin yulduzlari ham debyut uchrashuvlarida katta muammolarga duch kelgan holatlarni keltirib o‘tdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga jahon futbolida debyuti qiyin o‘tgan yulduzlar ro‘yxatini havola etadi.

1. Abduqodir Husanov

Abduqodir Husanovning debyut uchrashuvi boshlanishi bilan bir necha daqiqa o‘tib, mashhur futbolchi va ekspert Garri Nevill “bu yigit uchun yig‘lagim keldi”, dedi.

Premer-ligadagi birinchi o‘zbek futbolchisi dastlabki bir necha daqiqa ichida Nikolya Jeksonga havodagi kurashda yutqazdi, to‘pni Edersonga bosh bilan uzatishda xato qildi va bundan foydalangan “Chelsi” gol urdi. Koul Palmerga ishlatilgan qo‘pollik sariq kartochka bilan jazolandi. Bu qo‘pollik uchun hakam Husanovni maydondan haydasa ham, hech kim hayratlanmas edi.

Xosep Gvaridola Husanovning debyutini baholab “Bu jng zo‘r start emas, Abduqodir hali yosh, oldinda uzoq yillik faoliyati bor, o‘rganib ketadi”, dedi.

2. Moyses Kaysedo

Kaysedoning rekord summa – 115 million funtga “Chelsi”ga o‘tgani hamma hayratga solgan edi. “Vest Xem”ga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yindayoq muxlislarning hayrati hayronlikka aylandi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Kaysedo juda ko‘p xato qildi, penaltiga sababchi bo‘ldi va nuqtadan kiritilgan gol “Chelsi”ni o‘yinni qutqarish umidini puchga chiqardi – 1:3.

3. Jonatan Vudgeyt

Vudgeytning “Real” safida 2005 yildagi ilk o‘yini “Qirollik klubi” tarixidagi eng rasvo debyutlardan biri bo‘ldi. Vudgeyt o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va keyin maydondan haydaldi. Bu Jonatanning Madriddagi muvaffaqiyatsiz faoliyatining boshlanish nuqtasi bo‘ldi.

4. Lionel Messi

Lionel Messi jahon futbolidagi eng sovrini ko‘p o‘yinchi darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, uning Argentina terma jamoasidagi debyut o‘yini juda omadsiz chiqqan edi. 2005 yili Vengriyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Messi zaxiradan maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas ishlatgani foli uchun o‘yindan haydaldi.

5. Tyago Silva

Markaziy himoyaning etaloniga aylangan Tyago Silva “Chelsi”dagi ilk uchrashuvida “Vest Bromvich” futbolchilariga qarshi tura olmagan. Raqibning birinchi bo‘limdagi uch golidan ikkinchisi aynan braziliyalik futbolchi aybi bilan sodir bo‘lgan.

6. Patris Evra

“Manchester Yunayted”dagi debyutida “Manchester Siti” futbolchisi Trevor Sinklerga deyarli barcha yakkakurashlarda yutqazgan frantsiyalik himoyachi tanaffusda zaxiraga olingan. Shunga qaramay, keyinchalik Patris Evra klub tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biriga aylandi.

7. Jo Koul

Angliyalik mashhur futbolchi Jo Koulning “Liverpul”dagi debyuti o‘xshamadi. 2010 yilgi mavsumda “Arsenal”ga qarshi bahsda hujumkor futbolchi xavfli fol ishlatgani bois maydondan haydalgan. Uning “Liverpul”dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi.

8. Jervino

Jervinoning 2011 yili “Arsenal”dagi debyuti janjal bilan esda qoldi. U raqib futbolchisi Joe Bartonga qo‘l ko‘targani uchun maydondan haydaldi. Ivuarlik hujumchi Angliyada o‘z joyini topa olmadi.

9. Ali Dia

Senegallik Ali Dia futbol jamoatchiligiga “Sautgemton”dagi debyuti tufayli tanilgan. 1996 yilning noyabrida jamoaga qo‘shilgan Dia bir necha daqiqa o‘ynaganidan keyin klub rahbariyati bu transfer katta xato ekanini anglab etdi.  Dekabrda bu futbolchi quyi ligaga jo‘natildi.

10. Saul Niges

Saul Nigesni “Chelsi” katta umidlar bilan “Atletiko Madrid”dan ijaraga olgan. Birinchi uchrashuvda ispan futbolchisi “Aston Villa”da vakili Jon MakGinnga qarshi samarali o‘ynay olmadi va tanaffusda zaxiraga olindi.

11. Gaetano Bernardi

Gaetano Bernardi “Lids Yunayted”da muhim figuraga aylangan. Lekin debyuti juda xunuk chiqqan. “Akkrington Stenli” jamoasiga qarshi ilk bor “Lids” o‘yinchisi sifatida maydonga tushgan Bernardi raqibini tepgani uchun haydalgan.

12. Rio Ferdinand

“Manchester Yunayted”ning himoyadagi devori Rio Ferdinand 2000 yili “Lids”da faoliyat boshlagan. O‘shanda ilk uchrashuvda “Lester”ga to‘qnash kelgan “Lids” dastlabki yarim soat ichida uchta gol o‘tkazib yuborgan. Bunda Rio Ferdinandning “hissasi” katta bo‘lgan.

13. Ueyn Bridj

2011 yili Ueynning “Vest Xem”dagi debyuti “Arsenal” bilan o‘yinga to‘g‘ri keldi. “Kanonirlar” hamshaharlari darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Dastlabki ikki gol Bridjning aybi bilan sodir bo‘ldi. Uchinchi gol urilgan penaltiga ham aynan Ueyn sababchi. Mavsum oxirida “Vest Xem” Premer-ligani tark etdi.

14. Aleks Yankevits

Eng rasvo debyut Aleks Yankevits faliyatida yuz bergan. “Sautgempton” futbolchisi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott MakTomineyga qarshi ishlatgan qo‘polligi uchun 79-soniyadayoq maydondan haydalgan.

Bu bahsda “avliyolar” javobsiz to‘qqizta to‘p o‘tkazib yuborgan, Yankevits esa “Sautgempton” tarkibida boshqa umuman ko‘rinish bergani yo‘q.

APL Husanov haqida g‘aroyib fakt chiqardi!

Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!

“Manchester Siti” yulduzlari Husanovni qanday himoya qilyapti?

Husanovga antirekord uchun to‘rt daqiqa kifoya qildi, lekin...

Hujumkor legionerimiz Premer-ligadan yangi jamoa topdi

Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
27/01/2025 09:01
Энг асосийси узига ишонч, хали Худо хохласа насиб булса Абдукодир укамиз МС -ни сардор сифатида уйинга олиб чикади, негативчилар хали тирсагини тишлайди иншооллох. А Б Д У К О Д И Р БА ПЕЕЕЕШ.