Fayzullaev – katta yo‘qotish!

  • 13 iyul, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

TsSKA tez orada boshlanadigan yangi chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan. Biroq “armiyachilar” mavsumoldi tayyorgarligining qizg‘in pallasida hujum chizig‘i etakchisi Abbosbek Fayzullaevni O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz tayyorgarlikning qolgan qismini va chempionatning dastlabki turlarini o‘tkazib yuboradi.

TsSKA bosh direktori Roman Babaev mohir yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning Parij mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga jo‘nat ketganiga munosabat bildirdi.

- Albatta, Fayzullaevning ketgani TsSKA uchun katta yo‘qotish. Lekin boshqa tomondan oldinda Olimpiada bor. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish har qanday futbolchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor bunday nufuzli anjumanda  qatnashmoqda. Tabiiyki, klub qo‘lidan kelganida ham o‘yinchining bu musobaqaga borishiga to‘sqinlik qilmagan bo‘lardi.

Biroq klub manfaatlari nuqtai nazaridan baholasak bu so‘zsiz yo‘qotishdir, - dedi Roman Babaev.

Klub bosh direktori Abbosbek Fayzullaevning ketishini yo‘qotish sifatida baholayotgani bejiz emas albatta. TsSKAning hujum chizig‘i samaradorligi ko‘p jihatdan o‘zbek legionerining o‘yiniga bog‘liq o‘tdi.  O‘tgan mavsumda “armiyachilar” Premer-ligada eng ko‘p to‘p kiritgan jamoa bo‘ldi. Bunda Fayzullaevning xizmati katta.

Abbosbekning o‘zi o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatdi.

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqasi 24 iyuldan boshlanadi va 10 avgustga qadar davom etadi.

O‘zbekiston futbolchilari mamlakat futboli tarixidagi ilk Olimpiadaning “S” guruhidan joy olgan. Timur Kapadze shogirdlari kvartetda Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, to‘rtta guruhdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar pley-offga yo‘llanma oladi va sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradi.

O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki uchrashuvni 24 iyul kuni Ispaniya futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

27 iyulga belgilangan guruhdagi ikkinchi tur o‘yinida futbolchilarimiz Misr vakillari bilan kuch sinashadi.  

Kvartetdagi so‘nggi bahsda hamyurtlarimiz Dominikan Respublikasi futbolchilarini sinovdan o‘tkazadi.

PSJ futbolchisi Fayzullaevni 2-o‘ringa qo‘ydi

Fayzullaevga chetdan qiziqish bor, faqat...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
13/07/2024 08:35
Шу йигитни камроқ ёзинглар, охири ҳақиқатдан йўқотиб қўймайлик. Шомуродовни ёзавериб мана хозир жамоаси ҳам аниқмас.
&
Адхамжон Низомов
13/07/2024 09:06
Сарлавхангга неварамни чучоги.
Imomali
12/07/2024 23:42
Olloh omadingizni bersin olinglar oʻldirmanglar bizga 4 urin ham buladi yigitlar biz sizga ishonamiz