“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

  • 20 iyun, 2024, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Etmish yildan beri tashkil etib kelinayotgan Evropa qit’asining eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasi (avvalgi Chempionlar kubogi) 2024-2025 yilgi mavsumdan boshlab, yangicha formatda tashkil etiladi.

Tecno

Dastlabki uchta saralash bosqichi va pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oladi. Aynan mana shu umumiy bosqich avvalgi formatdagi guruh bosqichi o‘rnini egalladi. Bu gal ushbu raund ishtirokchilari soni to‘rttaga ko‘paytirilib, jami 36 ta jamoani tashkil qiladi.

Yangi mavsumda UEFAga a’zo 55 ta mamlakatdan 53 tasidan futbol jamoalari ishtirok etadi. Bu yil ham musobaqada Lixtenshteyn va Rossiya vakillari yo‘q.

“Ko‘hna qit’a”ning yangicha formatdagi yangi mavsumida ikki nafar o‘zbek futbolchisi – “Ordabasi”da o‘ynayotgan  Shahboz Umarov va Jasurbek Yaxshiboev  ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilk bor Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan “Ordabasi” xalqaro maydondagi tarixiy yurishini birinchi bosqichdan boshlaydi. Chimkentliklar Moldovaning “Petrokub” jamoasi bilan raqobatlashadi. Qozoq klubi 9-10 iyul kunlariga belgilangan dastlabki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadi. Javob bahsi bir haftadan keyin raqib muxlislari ko‘z o‘ngida bo‘ladi.

Evropa Chempionlar ligasida o‘ynash tajribasiga ega legionerimiz Jasurbek Yaxshiboev bo‘lajak musobaqada jamoa oldida katta maqsad turganini ma’lum qildi.

- Eng katta maqsadimiz – turnirning umumiy bosqichiga chiqish. O‘sha raundda o‘ynagim kelyapti, - dedi o‘zbekistonlik futbolchi.

O‘z navbatida, moldovaliklar ham “Ordabasi” va “Petrokub” o‘rtasida bo‘ladigan raqobatni muhokama qilmoqda.

Xususan, mamlakatning eng nufuzli manbalaridan biri moldfootball.com saytida quyidagicha izoh berildi:

“Ordabasi”da markaziy yarim himoyachi Asxat Tagibergen bor. Zarbasi o‘ta kuchli. Imkon bo‘lsa, har qanday masofadan gol ura oladi. U terma jamoada ham sardor.

O‘tgan mavsumda 11 ta gol urib, 10 ta assist qafd etdi. U hujumchi yoki hujumkor futbolchi emas. Jamoadoshlari yana qancha qulay paslaridan foydalana olmadi.

Bauirjan Islamxan ham bor. Mahalliy yulduzlardan, texnikasi juda kuchli. Asxat o‘ng va chap tomonga diagonal tarzda to‘p etkazib bersa, Islamxan qisqa pas o‘ynashni xush ko‘radi.

“Ordabasi”ning kuchli tomonlaridan biri standart vaziyatlardan unumli foydalanishdir.

Qozog‘istonning bu jamoasida o‘z vaqtida “Real”ga gol urgan Jasurbek Yaxshiboev o‘ynayapti. Bu hujumchi “Petrokub”ga ham to‘p kiritgan.

Raqib kuchli, “Petrokub”ga ulardan o‘tish juda qiyin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Jasurbek Yaxshiboev Moldova chempioni “Sherif” jamoasi safida 2021 yili Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Santyago Bernabeu” arenasida “Real” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining tarixiy g‘alabasini ta’minlagan edi.

Yaxshiboev Madridda "Real"ga gol urgan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. Jasurgacha Maksim Shatskix 2006 yilgi Chempionlar ligasi Kievda "Dinamo" o‘yinchisi sifatida "Qirollik klubi" darvozasini ikki bor nishonga olgan. 

Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

Tezkor: Taniqli legionerimiz jamoasini tark etdi!

Legionerimiz turklarni qanday hayratga soldi?

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!