Fazliddin G‘oyibnazarov ESPN telekanali dasturidan o‘rin olgan boks kechasida ringga ko‘tariladi

  • 8 noyabr, 2019, 15:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Top Rank promouterlik kompaniyasi shartnomaga ega bo‘lgan hamyurtimiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov Qozog‘istonning Almati shahrida o‘tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko‘tariladi. 

Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning ta’kidlashicha. Mazkur boks kechasi Britaniyaning MTK Global promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. 

"Viza bilan bog‘liq muammo sabab G‘oibnazarovning AQShga yo‘l olishi biroz kechikayotganligi sababli, Top Rank Fazliddin uchun Almatidagi boks oqshomida jang qilishni taklif qilgan. Top Rank va MTK Global kompaniyalari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hozircha raqib kim bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan. Bu borada muzokaralar davom etmoqda. Qolaversa, ushbu boks kechasida to‘rtta jang Qozog‘istonning maxalliy hamda jahonda eng reytingi baland bo‘lgan ESPN telekanalida translyatsiya qilinadi. Ular orasida Fazliddinning jangi ham o‘rin olgan - deydi Tursunpo‘latov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoxrux MTJ
08/11/2019 22:47
Fazlidinga Bob Arom ishonmayabti.. Viza shunchaki boxona