"FIDE Grand Swiss" 2025 ishtirokchilari e’lon qilindi

  • 9 iyul, 14:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

3–16 sentyabr kunlari Samarqand shahri yana bir xalqaro superturnir — FIDE Grand Swiss musobaqasiga mezbonlik qiladi. 11 turdan iborat shveytsarcha sistema bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada Open va Ayollar bo‘limlarida jami 172 nafar shaxmatchi ishtirok etadi

Tecno

Ushbu turnirda har ikkala bo‘limda 1- va 2-o‘rin sohiblari 2026 yilgi "Nomzodlar turniri"ga yo‘llanma oladi!

Sovrin jamg‘armasi:

Open — 625 000 AQSh dollari
Womens — 230 000 AQSh dollari

Open guruhidagi TOP shaxmatchilar:

Arjun Erigaisi (Hindiston)
Gukesh D (Hindiston)
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
Rameshbabu Praggnanandhaa (Hindiston)
Alireza Firouzja (Frantsiya)
Shuningdek Yann Nepomniachtchi, Anish Giri, Mamedyarov, Aronian, Fedoseev va boshqalar

O‘zbekistonlik ishtirokchilar:

Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindarov
Nodirbek Yakubboev
Shamsiddin Vohidov
Gulruhbegim Tohirjonova (ayollar bo‘limi)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!