"FIDE World Rapid Championship" turniri yakunlandi. Hamyurtlarimiz nechanchi o‘rinni egalladi?

  • 29.12.2025 00:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Qatarda o‘tkazilgan "FIDE World Rapid Championship" turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu musobaqada bir qator shaxmatchilarimiz ishtirok etdi va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 
 
Erkaklar bo‘yicha: 
 
1. Javohir Sindarov - 9 ochko (7-o‘rin) 
2. Nodirbek Abdusattorov - 8.5 ochko (23-o‘rin) 
3. Muhiddin Madaminov - 7.5 ochko (65-o‘rin) 
4. Nodirbek Yakubboev - 7.5 ochko (72-o‘rin) 
5. Jahongir Vohidov - 7 ochko (96-o‘rin) 
6. Humoyun Begmuratov - 7 ochko (99-o‘rin) 
7. Shamsiddin Vohidov - 7 ochko (101-o‘rin) 
8. Muhammadzohid Suyarov - 6.5 ochko (143-o‘rin) 
 
Ayollar bo‘yicha: 
 
1. Afruza Hamdamova - 7 ochko (22-o‘rin) 
2. Gulruhbegim Tohirjonova - 6.5 ochko (31-o‘rin) 
3. Umida Omova - 6 ochko (60-o‘rin) 
4. Madiinabonu Halilova - 5 ochko (95-o‘rin) 
5. Guldona Karimova - 4.5 ochko (102-o‘rin) 
6. Nilufar Yakubboeva - 4.5 ochko (116-o‘rin)

2025 yildgi tezkor shaxmatlar bo‘yicha jahon chempionatida Magnus Karlsen erkaklar o‘rtasida g‘alaba qozondi. Vladislav Artemevdan uchralgan mag‘lubiyat norvegiyalik grossmeysterga ta’sir qilmadi. Shundan so‘ng Karlsen ketma-ket besh partiyada g‘alaba qozondi, keyin esa Anish Giri bilan durang o‘ynab, musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi. Bu Magnus Karlsen uchun rapid bo‘yicha oltinchi jahon chempionligi bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida tezkor shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni unvoni Aleksandra Goryachkinaga nasib etdi. Asosiy masofa yakunlariga ko‘ra u Hampi Koneru va Chzhu Czjinier bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Musobaqa qoidalariga muvofiq, Goryachkina va Chzhu chempionlik uchun tay-breyk o‘ynashdi. Aleksandra birinchi partiyada g‘alaba qozondi, ikkinchisini esa durang bilan yakunlab, rapid bo‘yicha jahon chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!