
Finlyandiya 8 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Kecha tunda xokkey bo‘yicha jahon chempionatining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Slovakiya mezbonligida kechgan musobaqaning final bellashuvida Kanada va Finlyandiya terma jamoalari bahs olib borishdi.
Uchrashuvda garchi birinchi bo‘lib kanadalik xokkeychilar hisobni ochishgan bshosalarda, ikkinchi va uchinchi davrlarda finlar ajoyib o‘yini evaziga g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirib ketishdi. Yakuniy hisob 3:1 va finlyandiyaliklar 8 yillik tanaffusdan keyin ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi.
Kanada – Finlyandiya – 1:3 (1:0, 0:1, 0:2)
1:0 – 10 Teodor (Makkann, Manta)
1:1 – 22 Anttila (Oyyamyaki, Manninen)
1:2 – 42 Anttila (Savinaynen)
1:3 – 55 Pesonen (Xakanpya, Tyurvyaynen)
Darvozabonlar: Myurrey 19/22 – Lankinen 43/44.
Fikrlar