"Fiorentina" etakchisi uchun "Inter" va "Yuventus" kurash olib bormoqda

  • 15 may, 2019, 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" rahbariyati "Fiorentina" xavbeki Federiko Keza uchun 40 million evro sarflashga tayyor. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 21 yoshli italiyalik futbolchining transferi uchun shuningdek Yann Karamo va Zino Vanxeusden kabi yosh iqtidorli futbolchilarini qo‘shib berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Keza uchun shuningdek “Yuventus” ham kurash olib bormoqda. Turinliklar Milan klubidan farqli o‘laroq “binafsharanglilar”ga 50 mln evro taklif qilishmoqda. Ammo, “Fiorentina” uni 70 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum A Seriyada 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!