
Flik: “Barsa” EChLdan ko‘ra, aynan mana shu musobaqada g‘olib chiqishi lozim!
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shogirdlari uchun qaysi musobaqada g‘olib chiqish muhimroq ekanini ta’kidladi.
- La Liga biz g‘olib chiqishimiz kerak bo‘lgan asosiy musobaqa. To‘g‘ri, Superkubok yoki Evropa Chempionlar ligasi kabi boshqa turnirlar ham bor. Lekin Ispaniya chempionati g‘olib chiqish eng qiyin bo‘lgan musobaqa hisoblanadi, - dedi Xans-Diter Flik.
Ayni paytda “Barselona” Ispaniya chempionatida 21-turdan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kataloniyaliklar Madridning ikki klubini ta’kid qilmoqda.
“Barselona” milliy chempionatda peshqadamlik qilayotgan ashaddiy raqibi “Real”dan etti ochkoga, “Atletiko”dan esa, uch ballga ortda qolmoqda.
Shu bilan birga Xans-Diter Flik shogirdlari Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunlab, eng kuchli sakkiz jamoa qatorida pley-offga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqdi.
Fikrlar