Flik: Siz har doim Laminni ko‘rasiz

  • 9 yanvar, 14:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi finaliga chiqishi haqida gapirdi. 

"Barselona" turnirning yarim finalida "Atletik"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 

- O‘ylashimcha, biz g‘alaba qozonishga haqli edik. Ba’zan biz odatdagidek dominant bo‘lmadik, ammo men xursandman. Maqsadimiz finalga chiqish edi. Shuningdek, darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimizdan xursandmiz. 

Yamal haqida 

- Siz har doim Laminni ko‘rasiz, ammo bizda jamoa bor. U yaqinda jarohatdan qaytdi va biz uni 60-65 daqiqadan so‘ng almashtirishga majbur bo‘ldik. G‘alaba hamma uchun muhim. 

Penya o‘rniga Shensniy 

- Shensniy o‘ynadi va Inyaki zaxirada qoldi. Bu mening qarorim edi.
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!