
Flik va Penya o‘rtasidagi suhbat yaxshilik bilan tugamadi
Inyaki Penya Xans-Flik bilan "Barselona"dagi holatini muhokama qildi.
25 yoshli kataloniyaliklar iqtidor egasi Mark-Andre ter Shtegen jiddiy jarohat olganidan keyin asosiy darvozabonga aylandi. Ispaniya Superkubogi nimchorak finalida "Atletik"ga qarshi o‘yin (2:0) oldidan Penya mashg‘ulotlarga kechikdi. Shu sababdan Shensniy kataloniyaliklarning asosiy tarkibidan joy oldi. Shundan so‘ng ham Penya ayrim bellashuvlarda maydonga tushdi, lekin 18 yanvardan buyon o‘yin amaliyotisiz qolmoqda.
Bir necha kun avval Penya va Flik o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi va ushbu jarayon yoqimsiz kechdi.
Inyaki asosiy tarkibdan nega o‘rin ololmayotgani bilmoqchi bo‘lib, murabbiyga murojaat qildi. Nemis esa kechikishga ishora qildi. Shuningdek, darvozabonning o‘zini-o‘zi etarlicha tanqid qilmasligi ham sabablardir biri sifatida aytildi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Inyaki jamoadan ketish haqida ham o‘ylamoqda. Shunday bo‘lsa-da, u jamoadagi o‘rnini qaytarish uchun ishlashda davom etadi.
Fikrlar