
Florian Virts kamida yana bir mavsum "Bayer"da o‘ynaydi
"Bayer" rahbariyati ushbu yozgi transferlar oynasida Florian Virtsni sotmoqchi emas. Bu haqda "Bayern & Germany" xabar bermoqda.
Nemis klubi yosh yulduzni hech bo‘lmaganda keyingi mavsum oxirigacha saqlab qolmoqchi. 2025 yilning yozida Florian jamoadan ketishi mumkin bo‘ladi. Futbolchining faoliyatini davom ettirish uchun variantlar orasida "Real", "Bavariya" va "Barselona" klublari bor.
Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 21 yoshli futbolchi 32 o‘yin o‘tkazib, 11 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi. U Germaniya terma jamoasi bilan o‘z vatanida bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionatida ishtirok etmoqda va hozircha birinchi turda qatnashib, turnirning birinchi goliga mualliflik qildi.
Fikrlar