Foden: "Biz "Arsenal"ga bosim o‘tkazishda davom etishimiz kerak"

  • 14.05.2026 09:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" oʻz maydonida "Kristal Pэlas"ni 3:0 hisobida magʻlub etib, Premier-liga peshqadami "Arsenal" bilan oradagi farqni ikki ochkoga qisqartirdi.

Shu bilan birga, chempionlik taqdiri hali ham "toʻpchilar" qoʻlida qolmoqda. Londonliklar soʻnggi ikki uchrashuvda gʻalaba qozo nsa, 22 yillik tanaffusdan keyin chempionlikni kafolatlaydi.

"Biz faqat "Arsenal"ga bosim oʻtkazishda davom etishimiz, ularni doimiy taranglikda ushlab turishimiz kerak. Oxirgi turda turli holatlar yuz berishi mumkinligini yaxshi bilamiz.

Men bunday vaziyatlarni koʻp bor boshdan kechirganman: hammasi yomon ketyaptidek tuyulardi, ammo yakunda baribir gʻalaba qozonar edik. Shuning uchun biz oʻz ishimizni qilishda davom etishimiz lozim", — dedi Fil Foden "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

"Manchester Siti" chempionatning soʻnggi ikki turida "Bornmut" va "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi. Undan oldin esa jamoa Angliya Kubogi finalida "Chelsi" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!