
Forbes.uz eng mashhur 15 ta telegram kanallar va blogerlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular orasida Davron Fayziev, Xayrulla Hamidov va Diyor Imomxo‘jaev ham bor
Forbes.uz eng mashhur o‘zbek telegram kanallar va blogerlarni taqdim etdi. Ro‘yxatda ommabop bo‘lgan 15 ta telegram kanallar mavjud.
Manbaning ma’lum qilishicha, reytingni tuzishda uz.tgstat.com ma’lumotlaridan foydalanilgan. Reyting obunachilar soniga qarab tuzilgan.
15 ta eng mashhur blogerlar orasida o‘zbek futbolida faoliyat yuritayotgan insonlar ham o‘rin olgan. Davron Fayziev 3, Xayrulla Hamidov 4 va Diyor Imomxo‘jaev 9-o‘rinlarda qayd etilgan.
Quyida ushbu reyting bilan tanishishingiz mumkin:
1.Xushnudbek Xudoyberdiev. Obunachilar soni: 286,5 ming.
2. Qobil Xidirov. Obunachilar soni: 56,3 ming.
3. Davron Fayziev. Obunachilar soni: 43 ming.
Sport sharhlovchisi, jurnalist, teleboshlovchi Davron Fayziev xalqaro va mahalliy sport turlari haqida yozadi, turli sport tadbirlariga baho beradi.
4. Xayrulla Hamidov. Obunachilar soni: 39,8 ming.
Futbol sharhlovchisi va boshlovchi Xayrulla Hamidovning O‘zbekiston va butun dunyo futboli haqida blogi bor.
5. Nurbek Alimov. Obunachilar soni: 26,3 ming.
6. Saida Mirziyoeva. Obunachilar soni: 19 ming.
7. Nozimjon Safarov. Obunachilar soni: 18,7 ming.
8. Abdunazar Chorievich. Obunachilar soni: 16 ming.
9. Diyor Imomxo‘jaev. Obunachilar soni: 14,1 ming.
Diyor Imomxo‘jaev — sport jurnalisti, 2017 yildan O‘zbekiston Professional futbol ligasida turli lavozimlarini egallagan. Shu yilning 22 may kuni PFL bosh direktori vaziyasini bajaruvchi etib tayinlangan. U o‘z kanalida O‘zbekistondagi futbol va uning yaqinidagi voqealar haqidagi fikrlarini nashr etadi.
10. Shohruh Shodmonov. Obunachilar soni: 14 ming.
11. Farxod Fayzullaev. Obunachilar soni: 13,9 ming.
11. Nikita Makarenko. Obunachilar soni: 13,6 ming.
12. Behzod Hoshimov. Obunachilar soni: 12,8 ming.
13. Muhrim A’zamxo‘jaev. Obunachilar soni: 12,3 ming.
14. Shahzod Ergashaliev. Obunachilar soni: 12 ming.
15. Faxrullo Hamidullaev. Obunachilar soni: 11,4 ming.
Fikrlar