Franki de Yongning oʻng tizzasida bogʻlam uzilishi aniqlandi

  • 23.07.2026 22:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" ijtimoiy tarmoq X'dagi rasmiy sahifasida yarimhimoyachi Frenki de Yong olgan jarohat xususida ma'lumot berdi. Niderlandiya terma jamoasi a'zosi Jahon chempionati-2026 bahslari paytida tizzasidan jarohat olgan edi.

Klub bayonotida qayd etilishicha, asosiy jamoa futbolchisi Frenki de Yongga o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida o'ng tizzasidagi ichki yon bog'lamning uzilishi aniqlandi.

"Futbolchi konservativ davolash usuli asosida, shifokorlar nazorati ostida muolaja olishda davom etadi. Davolash muddati tiklanish jarayoni qanday kechishiga qarab, kelasi haftalarda qayta ko'rib chiqiladi", — deyiladi kataloniyaliklar rasmiy bayonotida.

Ispaniyaning nufuzli Marca nashri ma'lumotlariga ko'ra, 29 yoshli yarimhimoyachiga to'liq tiklanish uchun kamida bir necha hafta vaqt kerak bo'ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!