
Frantsiya, Portugaliya va Germaniya nega "Evro-2020"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
Niderlandiyalik mashhur mutaxassis Lui van Gal Frantsiya, Portugaliya va Germaniya kabi grand terma jamoalarning “Evro-2020”da muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida gapirdi.
“Ularning murabbiylari hech narsani o‘zgartirmoqchi emas. Ular futbolchilarga ishonishadi. Ba’zan o‘zimga shunday savol beraman: "Nega bu futbolchilar muvaffaqiyatga erisha olmadilar?" Chunki futbolchilar va murabbiy o‘rtasidagi muvozanat buzilgan. Men uchun bular jamoalar emas, shunchaki shaxslar to‘plami”, - dedi van Gal.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya, Portugaliya va Germaniya terma jamoalari “Evro-2020”ni 1/8 finaldayoq tark etdi. Portugaliya Belgiyaga, Frantsiya Shveytsariyaga, Germaniya Angliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Portugaliya amaldagi Evropa chempioni, Germaniya va Frantsiya so‘nggi ikki jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Fikrlar