Frantsiya terma jamoasining Toshkentda o‘tadigan jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi

  • 27 avgust, 2022, 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Bugun Frantsiya terma jamoasining ushbu musobaqada qatnashadigan tarkibi e’lon qilindi. Ko‘pchilikni qiziqtirgan jihati, unda dzyudo afsonasi Teddi Rinerni ham uchratish mumkin. Jamoaning to‘liq tarkibi quyidagicha:

Erkaklar: Sedrik Revol (-60 kg), Romain Pikar (-66 kg), Valide Xyar (-66 kg), Benjamin Axus (-73 kg), Joan Gaba (-73 kg), Omar Jalo (-81 kg), Maksim-Gael Xambou (-90 kg), Kenni Liveze (-100 kg), Teddi Riner (+100 kg)

Ayollar: Shirin Boukli (-48 kg), Amandin Bushar (-52 kg), Sara Sizik (-57 kg), Manon Deketer (-63 kg), Margua Pino (-70 kg), Marie Gaxe (-70 kg), Madelin Malonga (-78 kg), Romane Dichko (+78 kg), Juliya Tolofu (+78 kg)

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Olimpiada mezbonlari Tokio-2020 doirasida ilk bor dasturga kiritilgan aralash jamoaviy yo‘nalishda oltin medallarni qo‘lga kiritishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!