
"Freestyle Chess-2025". Sindarov va Abdusattorov ishtirokidagi bahslar yakunlandi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Bugun Javohir Sindarov 3-o‘rin uchun bahsda Maguns Karlsen bilan bellashdi va mag‘lub bo‘ldi. 5-pog‘ona uchun kurashning ilk o‘yinida Nodirbek Abdusattorov Hikaru Nakamuraga imkoniyatni boy berdi. G‘oliblik uchun esa kurashda esa Vinsent Keymer Fabiu Karaunani mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 17 fevralga qadar davom etadi. Unda 1-o‘rinni olgan sportchi 200 ming dollar, 2-o‘rin - 140 ming va 3-o‘rin sohibi 100 ming dollarga ega bo‘ladi.
Fikrlar