Fenki de Yong: "Messi doim mening kumirim bo‘lgan"

  • 24.04.2026 17:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong futboldagi kumirlari haqidagi savolga javob berdi.

"Leo Messi doim mening kumirim bo‘lgan, ammo hozir, umuman olganda, menda taqlid qilish uchun aniq namuna yo‘q", — dedi niderlandiyalik futbolchi Ispaniya OAVlariga.

Frenki de Yong 2019 yil o‘rtasida Amsterdamning "Ayaks" klubidan "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan. Lionel Messi esa ikki yil o‘tib kataloniyaliklar safini tark etgandi. Ayni paytda 38 yoshli argentinalik yulduz "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.

De Yongning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!