
Frenki de Yongning jarohati “Barsa”ga pul olib keldi
Kecha Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi to‘pig‘idan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lishga ulgurmagani uchun Evropa chempionatida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, de Yong turnirni o‘tkazib yuborishiga qaramay, "Barselona" yarim himoyachining yig‘indagi ishtiroki uchun tovon puli oladi. UEFA va FIFAning klub imtiyozlari dasturiga ko‘ra, o‘z jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan har bir futbolchi uchun klublar turnirning birinchi o‘yini oldidan 10 kun davomida kuniga 10 ming evro oladi.
Shu tariqa, de Yong Niderlandiya terma jamoasining 6-10 iyun kunlaridagi yig‘inida ishtirok etgani uchun “Barselona” 50 ming evro oladi.
Fikrlar