Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Argentinaga mag‘lub bo‘ldi

  • 22 avgust, 2021, 02:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina va O‘zbekiston futzal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. "Polideportivo Municipal el Limon" stadionida kechgan bahsda termamiz 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

Argentina safidagi gollarga Konstantino Vaporaki, Matias Edelesteyn va Lukas Bolo Alemani mualliflik qildi. Jamoamiz safidagi yagona golni Davron Choriev o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bahodir Ahmedov shogirdlarini oldinda Portugaliya va Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!