Fyodor Emelyanenko: “UFC rossiyalik chempionni ko‘rishni istamadi”

  • 13.10.2025 22:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur jangchi Fyodor Emelyanenko hamyurti Vadim Nemkovning UFC ga nima uchun o‘tmaganini aytib berdi.

Tecno

“UFC uni o‘z safiga olishni istamadi. Muzokaralar bo‘lganmi? Ha... Ammo ular: Vadim chempion bo‘lishi mumkin, lekin bizga rus chempion qiziq emas, deya javob berishdi", — dedi Emelyanenko “Ushatayka” You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Vadim Nemkov — 33 yoshda. U professional MMAdagi faoliyatini 2013 yilda boshlagan, 2017–2023 yillarda Bellator ligasida jang qilib, yarim og‘ir vazn (93 kg gacha) toifasida chempion bo‘lgan. Hozirda uning rekordida 18 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!