"G‘alabalar bardavom bo‘laversin" - Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ni qo‘llab-quvvatlayapti!

  • 2 oktabr, 2022, 21:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubining Toshkentda “Paxtakor” ustidan erishgan g‘alabasi uchun qashqadaryoliklar tomonidan shodu-xurramlik davom etmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ham “Nasaf”ni qo‘lga kiritgan o‘ta muhim g‘alabasi bilan tabrikladi.

Tecno

“Bugungi o‘yinda g‘alaba qozongan vohamiz bosh jamoasini o‘zim va keng jamoatchilik hamda ko‘p sonli muxlislar nomidan tabriklayman.

Prezidentimiz joriy yil viloyatimizga tashriflari davomida Qarshi shahrida sport ta’limi bo‘yicha taqdimot bilan tanishar ekan, Qashqadaryo iqtisodiyotda, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda bo‘lgani kabi sport sohasida ham oldinda bo‘lishi, buning uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlagan edilar.

Voha ahli va millionlab muxlislarni xushnud qilgan jamoamizga doim omad yor bo‘lsin.

azimov

Shu o‘rinda, maydonda turib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan Toshkentda tahsil olayotgan vohalik talabalarimizga ham o‘z tashakkurimni bildiraman.

G‘alabali natijalar va yutuqlar bardavom bo‘laversin”.

Murotjon Azimov, viloyat hokimi.

“Nasaf” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мажидов Шахзод
02/10/2022 21:39
Бугун атайлаб насаф секторига одамларни киритмай пахтакор секторига мажбурлаб киритишда асли билетда насаф сектори кўрсатилган бўлса ҳам, шунингдек микрофонлар ҳам пахтакор секторига қўйилган насаф фан клуби секторида микрофонлар қўйилмади, гол урилган пайти билинди пахтакор секторида насаф муҳлислари қанчадик кўп эканлиги пахтакорни фан клубидан ташқари ҳамма голни нишонлади.