G‘alabaning 40 yilligi, g‘ijimlangan banan, elitaga qaytgan Puma. APL jamoalarining liboslari evolyutsiyasi

  • 7 avgust, 2019, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining klublari yangi mavsum uchun yangi formalarni (hech bo‘lmaganda bitta ko‘rinishini) taqdim etishdi.  Eng asosiy o‘zgarish – texnik homiylar soning ortgani bo‘ldi.  Adidas (6),  Umbro (4),  Nike (3),  Puma (3),  New Balance va Under Armour kabi brendlar qatoriga Kappa va ErreA qo‘shildi.

Tecno

Futbolkalarning asosiy qismidan bukmekerlar o‘rin olmoqda.  Ular APL klublarining yarmiga homiylik qilishmoqda.  Faqatgina top-klublar va yana 3-4 ta jamoa budan mustasno. Keling, ommaga taqdim etilgan barcha formalarni birma-bir ko‘zdan kechiramiz.

“Arsenal”

ruee29e758e2a

Oxirgi 5 ta mavsumda “Arsenal”ga Puma forma etkazib bergan.  Biroq endilikda londonliklar 1986 yildan 1994 yilgacha hamkorlik qilgan Adidas ga qaytishdi va 5 yilga mo‘ljallangan 300 millionlik shartnoma imzolashdi.

“Arsenal”ning yangi uychi formasi odatiy qizil rangda,  uchburchak shaklli,  oq engli va elkada uch chiziqli ko‘rinishga ega.

Tashqi o‘yinlarda kiyiladigan forma muxlislarni 90 yillarning boshlariga olib o‘tadi.  Mazkur obrazga 1991/92 mavsumdagi muxlislar tomonidan “g‘ijimlangan banan” nomini olgan forma ilhomlantirgan.

“Aston Villa”   

a villa

APLdagi uch yillik tanaffusdan so‘ng “Aston Villa” yangi texnik homiy – Kappa bilan birga qaytdi.  Italiyaliklar 2012/13 mavsumdan buyon APL da ko‘rinmadilar,  u paytda ular “Fulxem”ni kiyintirar edilar.

 O‘tgan mavsumda klub muxlislariga mahalliy leybl asoschisi, jamoaning ashaddiy muxlisi, Lyuk Roper bo‘lgan Luke 1997 tomonidan yaratilgan forma juda yoqqan edi.  Biroq APL uchun klub mashhurroq bo‘lgan brendni afzal ko‘rdi.

 “Byornli” va “Bornmut”

rued942cc98ba

 Ikkala klub ham Umbro’ni tanladi.  “Bornmut” uchun bu odatiy hol bo‘lsa-da,  “Byornli” 2010 yildan beri Puma bilan hamkorlik qilib kelar edi.  Jamoa ko‘ksida romb bilan oxirgi marotaba 1980/81 mavsumida o‘ynagan edi.  Klub shuningdek asosiy homiysini ham o‘zgartirdi.  Endilikda Laba360 o‘rniga yangi onlayn-bukmeker – LoveBet yozuvli futbolkalar jamoa o‘yinchilari orasida “urfga kiradi”.  Forma to‘q qizil rangda,  och-havorang eng va yoqali ko‘rinishda.

Aynan shu ranglar “Byornli”ning mehmondagi o‘yinlarda ishtiroki uchun tanlandi,  lekin teskari ketma-ketlikda.  Asosiy rang sifatida – havorang,  homiy va emblemk uchun to‘q qizil ranglar tanlandi.

“Bornmut”ning “uychi” kiyimi doimiy qizil-qora ranglarda.  Qizil yo‘llar orasida diagonal chiziqlar va orqadagi yoqaning ostida AFSB ning nishonini ko‘rish mumkin.

 Uchinchi ko‘rinish uchun klub tomonidan asosiy rang sifatida och-yashil,  shuningdek eng va yoqaning orqa qismi uchun to‘q-ko‘k ranglar tanlandi.

 “Brayton”

rueffd985db33

Nike tomonidan “Brayton”ga yangi ust-bosh uchun avvalgi mavsumga qaraganda kichikroq yo‘llar tanlandi.  Ko‘k-oq fonda klubga asos solingan yilni aks ettiruvchi yozuv – EST 1901 e’tiborni tortadi.

 “Brayton” uchun ikkinchi formada detallar kam.  To‘liq qora fonda oq yozuvlar va kulrang yoqalar.  Ortiqcha hech narsa yo‘q.

         “Vest Xem”

rue6dd774cb39

Londonliklar Umbro bilan hamkorlikni davom ettirishdi.  Jamoaning “uychi” formasida kata o‘zgarishlar bo‘ldi:  Endilikda tepa qism havorang tus oldi.  Yangi forma klubning 1980 yilda Angliya Kubogidagi g‘olibligining 40 yilligiga bag‘ishlandi.  O‘shandan beri “Vest Xem” hech qanday yutuqqa erisha olmadi.

Mehmondagi forma ranggi oq.  Unda Angliya kubogining tasviri tushirilgan,  shuningdek quyidagidek yozuv ham:  “Vest Xem Yunayted” 1-0 “Arsenal”.  10 may 1980”.

         “Vulverxempton” va “Kristal Pelas”

 Bu jamoalar adidas va Puma bilan hamkorlik olib borishadi.  Ularning formalari bir sababdan tanqid ostida qolgan – asosiy homiy bo‘lmish bukmekerning logotipi.  Ana shunday sharxlardan biri:  “agar sizning kompaniyangiz APLdagi ikki jamoaga hamkorlik qila olsa,  uzoqdan qarasa ham ko‘zga yoqimli logotip o‘ylab topishga qurbi etmaydimi?” Gap ManBetX bukmeker haqida ketmoqda.  Futbolkalardagi kata yozuvlar xaridorlarga shunchalik yoqmaydiki,  xatto ayrimlari bu yozuvsiz bo‘lgan futbolkalarni talab qilishadi.

ruedaee399ddd

“Bo‘rilar”ning asosiy formasi to‘q sariq rangda,  yon tomonlarida uchtadan chiziqlari mavjud bo‘lib,  yoqalari qoraga burkangan.

Ikkinchi ko‘rinish qora rangda va sariq diagonal chiziqlari mavjud.  Adidas’ning uch “yoli” esa elka qismda joylashgan.

rue846f778c9a

7 mavsum davomida ilk bor “Kristal Pelas” egnidan sariq rang yo‘qoldi.  Uning o‘rnini 10 yillik tanaffusdan so‘ng oq rang egalladi.  Umuman olganda,  asosiy ranglar o‘sha-o‘sha:  qizil va ko‘k.

Aynan shu ranglar jamoaning mehmon futbolkasidan o‘rin egallagan,  asosiy e’tibor – qorada.

         “Lester”

rue9945576722

Adidas “Lester” uchun an’anaviy ko‘k rangdagi katak forma tayyorlab berdi.  Ikkilamchi ranglar qatorini tillarang va oq egalladi.

Shuningdek,  klub o‘zining ikki “mehmonlik” formalari bilan ham ulashdi:  to‘q-kulrang va to‘q-pushti.  Ikkinchi forma Germaniya terma jamoasining 2018 yildagi Jahon chempionatidagi ustki kiyimlari asosida yaratildi.

         “Liverpul”

rued474099cf0

Bob Peyslining yuz yilligiga bag‘ishlangan “Liverul”ning yangi formasi o‘zida tilla va oq ranglarni mujassam etgan.  Afsonaviy o‘yinchi va murabbiyning dastxati futbolka yoqasining ichki qismidan o‘rin olgan (uning davrida jamoa 9 yil davomida 20 ta titulni qo‘lga kiritgan,  bulardan 6 ta chempionlik unvoni va 3 ta Evropa chempionlar kuboklaridan iborat).  Tashqi tomonda “Xillsbro” fojiasi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan abadiy olov ramzini ko‘rishimiz mumkin.  Umuman olganda forma to‘q qizil tusga ega.

rue8e3f4b7b97

“Liverpul”ning “mehmonlik” futbolkasi oq rangda,  shuningdek undan kulrang,  ko‘k va qizil ranglar egallagan.  Bu formada ham Bob Peyslining dastxati bor.

         “Manchester Citi”

ruea1a9f6d5ba

Puma 10 yil ichida “Manchester Citi” ni Nike’dan olib qo‘ydi.  Narx esa yiliga 76 million yevrogacha ko‘tarildi.  Bundan yuqori naxr faqat “Barcelona”da – Nike bilan hamkorligi yiliga 155 million evroni tashkil etadi va “Manchester Yunayted”da adidas bilan – yiliga 86 million evro.  Jamoaning yangi formasi och havorang rangda bo‘lib,  undan siyohrang yozuv o‘rin olgan.  Klubning yubileyi munosabati bilan emblema ostiga maxsus yozuv – “125 yil” joylashtirildi.

Mehmon libosi sifatida jamoa Puma’ning pushti logotipi,  sariq rangdagi Etihad yozuvi joylashgan qora futbolkada maydonga tushishadi.  Forma dizaynerini afsonaviy manchesterlik klub “The Hasienda” ilhomlantirdi.  Futbolka elkasidagi naqshlar tunggi klubning ichki elementlarini eslatadi.

ruedf9f9593f7

Biroq bu “Citi” ning eng noodatiy qarori emas.  Jamoaning uchinchi formasiga nazar solganida fikrlar rostdan ham bo‘linib ketadi.  Yorqin sariq,  sekinlik bilan pushtiga qo‘shilib ketuvchi mazkur forma mavsumning eng yorqin obrazi nominatsiyasining bo‘lajak g‘olibi deya olamiz.

         “Manchester Yunayted”

rue795483d4d2

MYu o‘z formasini 1999 yilgi unitilm treblga bag‘ishladi.  Futbolkadan o‘sha mashhur chempionlar ligasining sanasi,  engdan esa gol urilga daqiqalar joy olgan.  Emblema qalqon ichida joylashgan bo‘lib,  buning ham o‘ziga xos ma’nosi mavjud.  Shakl jihatidan qalqon 1999 yildagi forma qalqoniga o‘xshab ketadi.

rue2aaa45d805

Mehmon o‘yinlarga mo‘ljallangan forma och sariq tusda bo‘lib,  unda qora rangga ahamiyat berilgan.

         “Norvich”

rue1b0225cb39

Chempionat goliblari APL ga 2015/16 mavsumidan beri ilk bor Errea (Islandiya terma jamoasi,  “Parma”,  “Milluoll” ning texnik homiysi) bilan birga qaytdi.  “Kanareyka”larga xos bo‘lganidek,  forma sariq-yashil ranglardan iborat.

rue0a80dbbb21

Mehmon sifatida ham jamoa ko‘zdan chetda qolmaydi – italiyaliklar klub uchun yorqin-sariq logotipli,  qizil rangli komplekt tayyorlab qo‘yishdi.

         “Nyukasl”

rued44437450f

Puma mazkur jamoa uchun etarlicha bosiq,  qora-oq ranglardan iborat forma tayyorlab berdi.  Asosiy homiyning havorang logotipi emblema fonida ajralib turadi.        

Jamoaning mehmonlik komplekti yorqin to‘q-sariq rangda bo‘lib,  “Sent Jeyms Park”ning tomlari uning rangi va naqshlarini tanlash uchun dizaynerlarni ilhomlantirdi.

         “Sautgempton”

rue18b5b99957

Bu mavsumda jamoa a’zolari keng qizil-qora yo‘llar bilan maydonga tushishadi.  Formaning tepa qismi qora,  yoqasida esa tugmasi mavjud.

Jamoa uchun tayyorlangan ikkinchi komplekt qora rangli,  tepa qsmida gorizontal sariq yo‘lli.

         “Tottenxem”

rue41026b3751       

  Nike “Tottenxem” uchun o‘tgan yil bilan solishtirilganda ancha sodda dizayn yaratdi.  Yangi futbolka oq rangda,  eng va yoqalarida to‘q-ko‘k rangdan foydalanilgan.  Asosiy homiy nomi qizil rangda bitilgan bo‘lib,  yoqaning ichki tarafiga klubning shiori yozib qo‘ylgan – To Dare is to do (Jazm qilmoq – amalga oshirmoqdir).

Aynan shu bitiklar mehmon o‘yinlar uchun atalgan futbolkada,  biroq lotin tilida (Audere est Facere) yozib qo‘yilgan.  Mazkur shior 2016 yilgacha ishlatib kelingan.  Forma to‘q-ko‘k rangli,  ko‘krak qismida naqsh va oq rangda logotip joylashgan.

         “Uotford”

rue6da7903bd6

Adidas “Uotford”ning o‘tgan yilgi formasidagi sariq-qora yo‘llardan voz kechdi.  Endilikda jamoa uchun atalgan futbolka ikki qismga ajraldi:  o‘ng tomoni – qora,  chap tomon va englari – sariq.  Kontrast uchun qizil rangdan ham foydalanildi,  orqa tomonidan esa futbolka sap-sariq.

 “Sheffild Yunited”

ruee3f049e08c

Biroq bu jamoa dizayni uchun adidas yollarni saqlab qoldi.  Qizil futbolka to‘rtta oq yollar bilan bo‘lingan.   Yoqasiing orqa tomonida klubning laqabi yozilgan – blades (varrak?).

         “Chelsi”

rue58348deb9a

 “Chelsi”ning Nike tomonidan ishlab chiqilgan yangi formasi “Stemford Brij” stadionining har xil qismlaridan ilhomlangan.  Naqshlar to‘q-ko‘k rangda,  formaning o‘zi esa ochroq rangda.  Ichki qismida The pride of London (London faxri) yozuvili logotip tushirilgan.

 Mehmonda “Chelsi” polo-yoqali,  deyarli Rossiya bayrog‘ining ranglarini eslatadigan futbolkda maydonga tushadi.  Ko‘pchilik buni xazil tariqasida buni Roman Abramovichga bog‘lashmoqda.  Aslida mazkur dizaynga moda ilhomlantirdi – 60 yillar boshidagi London modasi.  Polo-ko‘ylaklar deyarli barcha moda ishqibozlarining kiyim javonidan joy olgan edi.

 “Everton”

rue71eba11f97

Umbro ham “Everton” uchun forma tayyorlashda stadiondan ilhomlandi.  Futbolkaning tepa qismidagi grafik naqshlar “Gudison Park” – “Bullens Road” tribunalaridan birining temir karkaslarini aks ettiradi.

Bu XX asrning birichi yarmidagi Britaniyaning eng asosiy futbol arxitektori Archibald Litchga nisbatan hurmat ramzidir.  1899 yildan 1939 yilgacha shotlandiyalik arxitektor 20 dan ortiq stadionlar proektini tuzgan,  ular qatorida “Old Trafford”,  “Stemford Brij”,  “Enfild”,  “Gudison Park”,  “Aybroks”,  “Villa Park” va boshqalar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!