Husanov tarixiy o‘yinda qatnashadimi?
Angliya premer-ligasida 11-turning markaziy uchrashuvi amaldagi chempion “Liverpul” va o‘yini tobora kuchayib borayotgan “Manchester Siti” futbolchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun bu o‘yin alohida ahamiyat kasb etadi. Shu kuni Pep bosh murabbiy sifatida faoliyatidagi 1000-uchrashuvini o‘tkazadi.
Qizig‘i shundaki, ispaniyalik mutaxassis yubiley o‘yinini printsipial raqib – “Liverpul” bilan to‘qnashuvga to‘g‘ri kelganini taqdir in’omi, deb qabul qilyapti.
- Shaxsiy yubileyim uchun faqatgina bitta raqib tanlashimga to‘g‘ri kelganida ham aynan “Liverpul” eng yaxshi variant bo‘lardi. Men anchadan beri bu mamlakatda ishlayapman.
Tabiiyki, “Barselona” hayotimning muhim bo‘lagi hisoblanadi. U erda to‘pni uzatib beruvchi bola, futbolchi va murabbiy bo‘ldim. Keyin “Bavariya”da ajoyib davrlarni o‘tkazdim.
Faoliyatimda “Liverpul” , ayniqsa, Yurgen Klopp ishlagan davrda Angliyadagi asosiy raqibga aylandi.
Bundan yaxshisini o‘ylab topish qiyin. Taqdir va Yaratganning inoyati shunaqa ekan, - dedi Xosep Gvardiola.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Etixad” stadionida bo‘ladigan bu to‘qnashuv chempionlik uchun kurashga ta’sir o‘tkazidagan uchrashuvlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘tgan mavsumda aynan “Liverpul” futbolchilari “Manchester Siti”ning rekordi – ketma-ket to‘rt yil davom etgan chempionlik yurishiga nuqta qo‘ygan edi. “Shaharliklar”ning “qizillar”da alami bor.
Shu bilan birga “Manchester Siti”ning butun dunyo yoyilgan muxlislari, xususan, o‘zbekistonlik ishqibozlarni markaziy uchrashuvda Abduqodir Husanovning o‘ynashi alohida qiziqtirmoqda.
O‘tgan mavsumda legionerimiz “Liverpul”ga qarshi maydonga tushgan edi. Muxlisu mutaxassislar o‘zbek himoyachisining o‘sha bahsdagi harakatlarini Angliya maydonlaridagi eng zo‘r o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etib keladi.
Abduqodir Husanov sentyabr oyida olgan jarohatini bir oy davomida davolatib safga qaytgan. 21 yoshli himoyachi Angliya ligasi kubogi doirasida “Suonsi Siti” bilan bo‘lgan uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgandi.
Biroq Xosep Gvardiola taktik ishlanmalar nuqtai nazaridan Abduqodir Husanov va Oskar Bobbni chempionat doirasida “Bornmut”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritmadi.
Evropa Chempionlar ligasida “Borussiya Dortmund” bilan bahsda hamyutrimiz qaydnomaga qaytarildi va uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi. Ayrim ekspertlar murabbiy shtabi Husanovni “Liverpul” bilan bo‘lajak to‘qnashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga imkoniyat yaratib bergani va navbatdagi bahsda maydonga tushishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
“Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasida turni yakunlab beruvchi markaziy bahs 9 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Shomurodov to‘purarlar poygasida toza birinchi o‘ringa chiqdi
FIFA yangi o‘zbek yulduzi haqida ma’lumot chiqardi
O‘zbek futbolchisi jahon chempionati “Oltin butsa”siga da’vogar!
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?Shomurodov “taxti”da qoldi!Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...
Fikrlar