"Galatasaroy" Mourinoning fikrlari bo‘yicha jinoiy ish ochmoqchi. Joze o‘zi nima degandi?

  • 25 fevral, 11:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaroy" Joze Mourinoni irqchilikda ayblamoqda. 

Tecno

Turkiya chempionati 25-turi doirasida "Galatasaroy" hamda "Fenerbaxche" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi va unda 0:0 hisobi qayd etildi. 

Bellashuvdan so‘ng Mourino mezbon jamoa futbolchilari va murabbiylarining xatti-harakatini tanqid qildi. 

"Hakamga rahmat aytishim kerak. Men aytayotgan holatda raqib zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganlarning hammasi maymundek sakrashdi. Agar bellashuvni turkiyalik hakam boshqarganda, Yusuf Akchichek birinchi daqiqadayoq kartochka olgan bo‘lardi, men esa beshinchi daqiqada uni almashtirgan bo‘lardim", - dedi "Fenerbaxche" ustozi. 

"Galatasaroy" Mourinoning so‘zlarini turk xalqiga hurmatsizlik deb hisobladi:

"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino Turkiyadagi ilk kunlaridanoq turk xalqi haqida tinimsiz haqoratomuz gaplarni aytib keladi. Hozirga kelib uning bayonotlari axloqsiz izohlardan g‘ayriinsoniy nutqqa aylandi. 

Mourinoning irqchi bayonotlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish, shuningdek, UEFA va FIFAga rasmiy shikoyatlar yuborish niyatimiz borligini bildiramiz", - deyiladi klub bayonotida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!