Galiulin o‘ynamagan bahsda "Tosno" TsSKAdan javobsiz 6ta to‘p o‘tkazib yubordi

  • 2 dekabr, 2017, 09:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Rossiya premer-ligasida ham 19-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Hususan, hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” klubi Moskvada TsSKA mehmoni bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchi maydonga tushmagan uchrashuvda “Tosno” raqiblaridan javobsiz 6ta gol o‘tkazib yubordi va yakunda 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Tosno” 20 ochko bilan 13-o‘rinda qolgan bo‘lsa, TsSKA o‘z ochkolari sonini 35taga etkazib oldi va peshqadam “Lokomotiv”ga (39 ochko) yaqinlashib oldi. Biroq, yana bir hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan “temiryo‘lchilar” 19-turni hali o‘tkazishmadi.

TsSKA – “Tosno” 6:0 (3:0, 3:0)

1 dekabr «TsSKA»

Gollar: 1:0 – 10, penalti Vitino, 2:0 – 27, penalti Vitino, 3:0 – 32 Vasin, 4:0 – 55 Natxo, 5:0 – 58 Golovin, 6:0 – 61 Vernblum.

TsSKA – Akinfeev, Berezutskiy, Vasin, Ignashevich, Natxo, Fernandes, Nababkin, Dzagoev (Kuchaev, 65), Golovin, Vitino (Jamaletdinov, 59), Vernblum (Gordyushenko, 77).

“Tosno” – Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Chernov, Shaxov, Troshechkin, Karnitskiy (Muxametshin, 63), Palienko (Nunu Rosha, 75), Markov (Kazaev, 63), Mirzov, Zabolotnyy.

Ogohlantirishlar: Zabolotnyy (60).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!