
Galte: "Ikkinchi bo‘limda haqiqatdan ham ahmoqona gol o‘tkazib yubordik"
Evropa chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida Myunxenning "Bavariya" klubi PSJ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib keyingi bosqichga chiqdi. Uchrashuv yakunlangach, parijliklar ustozi Galte o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz tashabbus o‘zimizda bo‘lganida qanday gol urishni uddalay olmadik. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, vaziyatlar yaratdik, raqib bilan teng sharoitda o‘ynab, yaxshi vaziyatlar yarata oldik.
Ammo ikkinchi bo‘limda haqiqatdan ham ahmoqona gol o‘tkazib yubordik. Bavariya"da zaxira ham kuchli edi va bu jihatdan ham ajralib turdik. Markaziy himoyachilarni almashtirishga majbur bo‘ldik, bu bizni zaiflashtirdi. Kelajagim haqida gapirishga hali erta. Albatta, bu sport rahbariyatiga, prezidentga bog‘liq", - dedi frantsiyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Parijda bo‘lib o‘tgan o‘yinda ham myunxenliklar Komanning yagona goli evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar