Gana MTJ murabbiyi: Raqibda o‘yin falsafasi o‘sha-o‘sha

  • 25 mart, 2021, 11:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.

Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning birinchi qismida Gana MTJ bosh murabbiyi Ibrahim Tanko ishtirok etdi.

-O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan asosiy tarkib futbolchilari haqida fikringiz qanday?

"Eng asosiysi, raqibimizda murabbiy o‘zgarmagan. Shu jumdalan, o‘yin falsafasi ham o‘sha-o‘sha. Ertangi uchrashuvda ulardan xuddi Iordaniyaga qarshi bahsdagi o‘yinni kutaman. Bizda menga o‘xshagan 5 ta murabbiy ish olib boradi. Biz doimiy ravishda legionerlar, milliy chempionatda harakat qiladigan futbolchilarni kuzatib, ular bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borishga harakat qiladi.

Men o‘zim murabbiylik tajribasini Germaniyada orttirganman. Bemalol aytishimi mumkinki, o‘zbek mutaxassislari ham nemiy tizimi orqali o‘z malakalarini oshirsa, ular ajoyib natijalarni qo‘lga kirita oladi."

-O‘zbekiston MTJning saralash bosqichidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

"O‘zbekistonni juda kuchli jamoa deb bilaman. O‘ylaymanki, ular kelgusi bosqichga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Men ularning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Jamoangiz ushbu tarkib bilan Jahon Chempionatida o‘ynashga qodir deb o‘ylayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!