
Garbin Mugurusa to‘xtashni istamayapdi
Melburn shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq birinchiligining ikkinchi davrasida ispaniyalik Garbin Mugurusa g‘alaba qozondi.
Garbin turnirning mazkur bosqichida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi bahs olib bordi va uch setda 6:3, 3:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Endi G.Mugurusa chempionatning uchinchi davrasida ukrainalik Elina Svitolina yoki amerikalik Loren Devisga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar