
Garet Sautgeyt iste’foga chiqadimi?
Angliya terma jamoasi bosh murbbiyi Garet Sautgeyt “Evro-2020”dagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Men terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorlamoqchiman. O‘tgan to‘rt yil ichida biz sezilarli yutuqlarga erishdik. Men o‘z shogirdlarimga ishonaman”, - dedi Sautgeyt.
50 yoshli angliyalik mutaxassis terma jamoaga 2016 yildan buyon ustozlik qilib kelyapti. Uning Angliya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 31 iyuliga qadar imzolangan.
Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar davom etadi.
Fikrlar