
Gasperini "Atalanta"ni nega tark etgani haqida to‘liq gapirdi
"Jan Pero Gasperini – zamonaviy “Atalanta”ning asosiy me’mori – klub bosh murabbiyi lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bu haqda xayrlashuv xatida ma’lum qildi:
"Faqat so‘nggi soatlardagina men bu to‘qqiz yillik ajoyib tarixga yakun yasashga qaror qildim. Ammo keling, buni xayrlashish demaylik. Menga bu so‘z yoqmaydi" – deya ta’rif berib o‘tdi.
Gasperini qarorni shaxsan o‘zi qabul qilganini va klub rahbariyati bu ishga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. U "Atalanta"ni yuqori nuqtada qoldirmoqda — A Seriyada 3-o‘rin va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi. Shuningdek, klub tarixidagi ilk xalqaro sovrin — 2024 yilda qo‘lga kiritilgan Evropa Ligasi g‘alabasi ham uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
"Men faqat bu qadamni qo‘yish vaqti kelganini anglab etdim... Bu qiyin, ammo katta va hayratlanarli chaqiriq. U menga katta adrenalin beradi" – deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Gasperini 2016 yildan beri "Atalanta"ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida klub hujumkor o‘yin uslubi bilan nom qozondi, ko‘plab yosh iste’dodlar yuzaga chiqdi va jamoa muntazam ravishda Evropa musobaqalarida ishtirok eta boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Gasperini bergamoliklarni tark etganidan so‘ng Rimning "Roma" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanmoqda.
Fikrlar