Gasperini: "Mavsum davomida asossiz qizil kartochka va penaltilar bo‘ldi"

  • 5 may, 16:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Italiyaning “Atalanta” klubi A Seriyaning 35-turida “Montsa”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabaga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini chempionat davomida bir qator muammolar va omadsizliklar jamoaning natijalariga ta’sir qilganini ta’kidladi.

Tecno

Gasperinining ta’kidlashicha, Skalvini, Kossunu va Kolashinats kabi muhim futbolchilarning jarohat olishiga qaramay, himoya chizig‘ida jiddiy muammolar bo‘lmagan. Ammo jamoa hujum mavsumning ikkinchi yarmida samarasiz o‘yin ko‘rsatgan.

“Ikkinchi yarim mavsumda, ayniqsa o‘z maydonimizda, mavsum boshidagi hujumdagi uyg‘unlik etishmayapti. Bu pasayish uy o‘yinlarida ochkolar yo‘qotishimizga olib keldi”

Unga ko‘ra, “Atalanta” safarda deyarli doim yaxshi o‘ynagan, ammo o‘z uyidagi afzallikdan foydalanishda qiynalgan. Shuningdek, Gasperini hakamlarning shubhali qarorlarini ham tanqid qildi.

“Bizga berilmagan penaltilar, asossiz qizil kartochkalar bor. Men hammasini emas, lekin ayrim holatlarni aytyapman – bu qarorlar bizni ko‘proq ochkolardan mahrum qildi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Hozirda “Atalanta” A Seriyada 3-o‘rinni egallab turibdi va “Yuventus”, “Roma” hamda “Latsio”dan 5 ochkolik ustunlikka ega.

“Kontsentratsiyani yo‘qotishga haqqimiz yo‘q – maqsadimizga juda yaqin turibmiz. Entuziazmni saqlab qolishimiz kerak” – deb so‘zini yakunladi Jan Pero Gasperini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!