Gavi Angliya top-klubiga o‘tishdan bosh tortdi
«Barselona» yarim himoyachisi Gavi yozgi transfer oynasidan Angliyaning yetakchi klublaridan biriga o‘tishi mumkin edi.
Mirror nashri xabariga ko‘ra, uni o‘z jamoasida ko‘rishni «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik juda istagan. Manchestarliklar jahon chempioni uchun 35 million funt (taxminan 41 million yevro) to‘lashga tayyor bo‘lgan.
Shu bilan birga, 22 yoshli Gavi «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish taklifini rad etdi. U o‘z qarorini izohlar ekan, «Barselona»ni tark etish niyati yo‘qligini ochiq bildirgan.
Gavi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 166 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va jamoadoshlariga 18 marta hal qiluvchi pas bergan.

Fikrlar