
Germaniya safida Evropa chempioni ikki yilga qamaladigan bo‘ldi
Germaniya futbolida iz qoldirgan sobiq futbolchi Ayke Immel firibgarlikda ayblanib, ikki yilu ikki oy muddatga qamaladigan bo‘ldi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, sud qarori hali ijro uchun kuchga kirgani yo‘q.
Ma’lumotlarga qaraganda, jinoiy ish jarayonida sobiq futbolchiga qo‘yilgan yuz ortiq ayblov ko‘rib chiqilgan.
Ulardan biri Evropa chempionati chiptalari savdosi bilan bog‘liq. Xaridorlar qit’a chempionati o‘yinlari chiptalari uchun Immelga pul o‘tkazib bergan, biroq chiptalar o‘z egalariga etkazilmagan.
Bundan tashqari, Immel odamlardan qarzga pul olib, moliyaviy ahvoli yaxshi emasligini ro‘kach qilib, mablag‘larni egalariga qaytarmagan.
64 yoshli Ayke Immel 1980 yili FRG terma jamoasi safida Evropa chempionatida g‘olib chiqqan. Klublar miqyosidagi faoliyati davomida “Borussiya Dortmund”, “Shtutgart” va “Manchester Siti”da to‘p tepgan.
Fikrlar