Geynrix bir yildan buyon ilk bor 90 daqiqa o‘ynadi

  • 28 oktabr, 2017, 16:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Qozog‘iston Premer-Ligasi 32-turdan o‘rin olgan bahslar yakuniga etdi. Hamyurtimiz Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” jamoasi safarda “Aktobe” klubi mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynagan o‘yinda uning jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Geynrix bu mavsum birorta o‘yinni to‘liq o‘tkazmagan edi.

Shavkat Salomovning “Atirau” klubi  esa o‘z maydonida “Taraz”ni mehmon qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Salomov o‘yinni asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Qozog‘iston Premer-Ligasi. 32-tur

“Aktobe” – “Ordabasi” 2:0

“Atirau” – “Taraz” 3:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!