"Gladiatorlar jang qiladigan arenaga o‘xshaydi" - "Andijon"ning yangi futbolchisi "Bobur arena", klubga o‘tishi va muxlislar haqida gapirdi

  • 9 yanvar, 10:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi bilan shartnoma imzolagan Iskandar Shoyqulovning faoliyatida yangi sahifa ochilmoqda.

Tecno

U yangi mavsumda “Burgutlar” sharafini munosib himoya qilgan holda nimalarga qodirligini ko‘rsatish uchun astoydil mehnat qilmoqda.

Jamoaning ham, uning ham maqsadi jiddiy. Shu bois Shoyqulov klubning bir bo‘lagi sifatida bor e’tiborini yangi mavsumga qaratgan.

- Iskandar, taklifni qabul qilishingizni asosiy sababi nima bilan bog‘liq?

- Assalomu alaykum. Avvalambor, ushbu klubga kelganimdan juda ham xursandman. Xalq jamoasi deb bekorga aytishmaydi. Oldiga qo‘yilgan maqsadi bor va muxlislari boshqacha.

- Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni yaxshi bilasiz, oldin "Mash’al"da birga ishlagansizlar. Yana uni qo‘l ostida to‘p surish sizga qanchalik mas’uliyat yuklaydi?

- Ha, albatta. Katta futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan inson. Bu menga ikki barobar ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Buning sabablari ko‘p.

-  “Andijon” klubi bilan 2025 yildagi asosiy maqsadingiz nima?

- 1-Chempionatni sovrindorlar qatorida yakunlash.

2- O‘zbekiston Kubogidagi natijani takrorlash

3-OChL 2 da minimum 8 ta o‘yin o‘tkazish.

- Bilasiz, vodiyda ayniqsa Andijonda muxlislar juda ashaddiy va faol. Shu bilan birga o‘ziga yarasha katta mas’uliyat ham yuklaydi. Siz hammasiga tayyormisiz?

- Bilganim uchun ham shu taklif bo‘lgan payti o‘ylanmay, tortishmay rozi bo‘lganman. Boya aytganimdek, “Andijon” klubi xalq jamoasi. Bunday atmosferada o‘ynash ikki barobar yoqimli. Mas’uliyatdan hech qachon bosh tortmaganman.

- Sizda yana boshqa variantlar ham bor edi  "Burgutlar"ning taklifini eshitganingizda birinchi navbatda nimani o‘yladingiz?

- Muxlislar, “Andijon” klubini oldiga qo‘ygan maqsadlari va Osiyo Chempionlar ligasi.

- Jamoa sizni qanday qabul qildi va dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- To‘g‘risini aytsam, bu erdagi murabbiylar shtabidan tortib futbolchilargacha begona insonlar emas. Hammasini taniyman. Barchasi yaxshi kutib oldi. Xuddi 10 yildan beri tanishlardek bir-birimiz bilan chiqishib ketdik.

-  “Bobur Arena” sizni nimasi bilan o‘ziga tortadi?

- Gladiatorlar jang qiladigan arenaga o‘xshaydi. Shuncha muxlislarni ichida o‘zingni xuddi qahramonlardek his qilasan. Bu maydonda futbol o‘ynash juda maroqli. Agar sen “Andijon” sharafini himoya qilayotgan bo‘lsang ikki hissa maroqliroq.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!