"Goal.com" talqiniga ko‘ra Bellingem hali ham "Oltin to‘p" uchun favorit. Holand va Mbappe uchlikda, Ronaldu 17, Messi esa... (20 talik ro‘yxat)

  • 26 fevral, 2024, 17:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli "Goal" nashri 2024 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun favoritlarning yangi reytingini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Angliya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem asosiy favorit bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinni PSJ forvardi Kilian Mbappe egallab turgan bo‘lsa, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland kuchli uchlikni yakunladi.

"Shaharliklar" a’zolari Fil Foden to‘rtinchi, Rodri esa beshinchi pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi.

Kuchli 20 talik quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Jud Bellingem ("Real")
2. Kilian Mbappe (PSJ)
3. Erling Xoland ("Manchester Siti")
4. Fil Foden ("Manchester Siti")
5. Rodri ("Manchester Siti")
6. Xarri Keyn ("Bavariya")
7. Muhammad Saloh ("Liverpul")
8. Vinisius Junior ("Real")
9. Lautaro Martines ("Inter")
10. Bukayo Saka ("Arsenal")
11. Virjil van Deyk ("Liverpul")
12. Antuan Grizmann ("Atletiko")
13. Xulian Alvares ("Manchester Siti")
14. Bernardu Silva ("Manchester Siti")
15. Deklan Rays ("Arsenal")
16. Rodrigo ("Real")
17. Krishtianu Ronaldu ("An-Nasr")
18. Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti")
19. Florian Virtts ("Bayer")
20. Lionel Messi ("Inter Mayami")

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!