
Gol urish bo‘yicha Igor Sergeevga etadigani yo‘q
Xabaringiz bor, ertaga Superliganing 4-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatini Igor Sergeev boshqarib turibdi. Sergeev bekobodliklar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilgan.
Bu borada, keyingi o‘rinlarni Anvar Soliev (8 ta gol) va Server Jeparov (6 ta gol) egallab turibdi.
"Metallurg"ga qarshi o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan "Paxtakor" futbolchilari:
9 - Igor Sergeev
8 - Anvar Soliev
6 - Server Jeparov, Dilmurod Karimov
5 - Igor Shkvirin, Aleksandr Geynrix, Bahodir Pardaev
4 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Ismael Gonsalvesh, Dragan Cheran.
Fikrlar