Gol urishni biz ham bilamiz! Mbappe Ronalduning “dahshatli” rekordini takrorladi

  • 21.12.2025 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining 17-turida Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi va qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mezbonlarga g‘alaba kelirgan gollarni Jud Bellingem va Kilian Mbappe urdi. Bu gol frantsiyalik futbolchi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Mbappe 2025 yil hisobidan 59-golini urdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Real” tarixidagi rekordchi Krishtianu Ronalduga etib  oldi. Portugaliyalik yulduz 2013 yilda “Real” libosida jami 29 ta to‘p kiritgan va ko‘pchilik bu ko‘rsatkichni takrorlanmas rekord sifatida qabul qilgandi.

Garchi Mbappe o‘zining kumiri bo‘lgan Ronalduning natijasini takrorlagan bo‘lsa-daYu undan o‘zib ketolmaydi. Chunki 2025 yilda “Real” endi boshqa o‘yin o‘tkazmaydi va qishki tanaffusga chiqadi.

 Mbappe 2024 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Joriy mavsumda frantsuz futbolchisi barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 30 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!