Gol va assist bilan o‘yin taqdirni hal qilgan Shomurodov qanday baholandi?

  • 25 fevral, 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 26-turini “Roma” va Montsa” uchrashuvi yakunlab berdi. Bu o‘yin qahramoni Eldor Shomurodov bo‘ldi.

29 yoshli hujumchimiz yarim soat ichida uchrashuv taqdirini hal qilib qo‘ydi. Bu gal hamyurtimiz hisobida bittadan assist va gol.

“Roma” Klaudio Raneri qo‘l ostida A Seriya va Evropa ligasida ijobiy natijalar qayd etishda davom etmoqda. Shomurodovning o‘yini ochilib boryapti.

Nufuzli manba – vocegiallorossa.it sayti ekspertlari “Roma” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.

Svilar 6,5:

Svilar ancha zerikib qoldi. Raqib uni 41-dqiqaga kelib, ilk bor bezovta qildi. Qolgan daqiqalar ham xotirjam o‘tdi.

Manchini 6,5:

Bu uchrashuvda autsayder jamoa himoyachilarga ham ortiqcha bosim qila olmadi.

Xummels 6,5:

Uchrashuv boshidanoq raqib hujumchilarga Rimda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ndika 6.5:

Juda ishonchli o‘ynadi. Bahs davomida jamoadoshlarining kamchiliklarini yopib turdi.

Salemakers 7,5:

Yirik hisobni o‘z goli bilan ochib berdi. Eldor Shomurodov etkazib bergan to‘pni “MOntsa” darvozasiga aniq joyladi.

Kristante 7,5:

Juda aqlli o‘yin namoyish qildi. To‘p uzatishlari aniq chiqdi. Anjelinoga golli pas uzatdi va o‘zi ham gol urdi.

Pizilli 6.5:

O‘ynash ishtiyoqi balandligi sezilib turdi. Biroq to‘p bilan ishlashda ayrim xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Anjelino 7.5:

Chap qanotni o‘ziniki qilib oldi va gol ham urdi.

Baldantsi 7:

Jamoasi o‘yinini boshqarib bordi. Karboni bilan kurashda ustunligini ko‘rsatdi. Darvozaga xavf soldi.

Dibala 6,5:

62-daqiqada Baldantsi o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoaga etakchilik qildi. Kristantega golli pas uzatdi.

Sule 7:

Uchrashuv davomida har ikki qanotda o‘ynab, raqiblarni ancha chalg‘itib qo‘ydi. Eldor Shomurodovga golli pas uzatdi.

Shomurodov 7,5:

Raqb himoyasini sarosimiga solib qo‘ydi. Artyom Dovbik yo‘qligida o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. Bu bellashuv taqdirini yarim soat ichida aynan Shomurodov hal qildi. Dastlab, Salemakersga golli pas uzatdi. Keyin o‘zi boshi bilan “Montsa” darvozasini ishg‘ol qildi.  70-daqiqada o‘rnini Paredesga bo‘shatib berdi.

Raneri 7:

73 yoshli mutaxassis “Roma”da hamma narsani ijobiy tomonga o‘zgartirdi. Jamoani boshqarishda murabbiylik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa aqlli o‘yin ko‘rsatyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Moroze Dead
25/02/2025 14:12
МАладес!
&
+998911709159
25/02/2025 10:53
Омад Элдор
&
Real futbol
25/02/2025 08:53
Shoma