“Golden Boy” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi

  • 15 iyun, 2021, 20:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tuttosport nashri 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi yosh o‘yinchiga beriladigan “Golden Boy” mukofotiga nomzod bo‘lgan 100 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Nomzodrlar orasida  Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund), Eduardo Kamavinga («Renn»), Amad Diallo, Meyson Grinvud (ikkalasi – «Manchester Yunayted»), Ilaysh Moriba, Pedri, Erik Garsiya (barchasi – «Barselona»), Rodrigo Goes, Takefusa Kubo (ikkalasi – «Real»), Gabriel Martinelli, Bukayo Saka (ikkalasi – «Arsenal»), Kertis Jons («Liverpul»), Daniel Maldini («Milan»), Jamal Musiala («Bavariya»), Anatoliy Trubin («Shaxtyor»), Ilya Zabarnyy («Dinamo» Kiev») kabi futbolchilar bor.

An’anaviy mukofot har yili noyabr oyida topshiriladi. Ushbu mukofot 2020 yilda “Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xolandga nasib etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!