Golovkinning murabbiyi: WBC bizga taxdid qilmoqda

  • 5 iyun, 2018, 17:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasining WBC, WBA Super, IBF, IBO kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin murabbiyi Abel Sanches Butunjahon boks uyuushmasi prezidenti (WBC) Maurisio Suleymanning so‘zlariga o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

Avvalroq, Maurisio, Golovkin – Alvares qarama-qarshiligini o‘tqazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini aytib o‘tgandi.

- Mukofot pulining teng taqsimlanishi Gennadiyning talablaridan biridir. WBC esa bizni jangdan mahrum etish bilan tahdid qilmoqda, bu no‘to‘g‘ri qaror!

Albatta, men Maurisio Suleymanni hurmat qilaman, biroq u uchrashuvlar tashkilotchisi emas, WBC prezidentidir. Gennadiy kimga qarshi jang qilishini o‘zi tanlaydi, unga yuklatilgan bokschi bilan Gena ringga chiqmaydi. Agar bu vaziyat biror bir insonni qoniqtirmasa, Golovkin kamar uchun kurashdan chiqadi, - deya Abelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Boxing News nashri.

Ma’lumot uchun, Saul Alvares mukofot pulini o‘z foydasiga 65-35% nisbatidan taqsimlashni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!