
"Gomel" - "Energetik-BGU": Abdiholiqov asosiyda, Baqoev o‘yinni zaxiradan boshlaydi
Belarus chempionatida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 3 legionerimiz harakat qilayotgan "Energetik-BGU" klubi "Gomel" maydoniga safar qiladi. Mazkur bahs uchun minsliklarning boshlang‘ich tarkibi e’lon qilindi.
Bobir Abdiholiqov ilk daqiqalardan maydonda harakat qilsa, Amirbek Baqoev zaxira qoldirilgan. Yana bir legionerimiz Abduqodir Husanov bellashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yubormoqda.
Fikrlar